“QUVVATI 300 MVT GACHA BO‘LGAN G‘UZOR QUYOSH FOTOELEKTR STANTSIYASINI QURISH” LOYIHASI BO‘YICYHA MALAKAVIY SO‘ROV BOSHLANDI

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi “Quvvati 300 MVTgacha bo‘lgan G‘uzor quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish” loyihasi bo‘yicha malakaviy so‘rov boshlanganligini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Ushubu loyiha O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida 2030 yilgacha 1 Gvt quyosh energiyasi dasturi bo‘yicha ishlab chiqilayotgan ikkinchi loyihadir. Dastur Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Loyiha doirasida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan yer maydonida 300 Mvt gacha o‘zgaruvchan energiya quvvatiga ega fotoelektr stantsiya va G‘uzor podstansiyasiga elektr uzatish liniyasi quriladi.

Hukumat manfaatdor tomonlarni o‘z malaka arizalarini 30 mart 2022 yil, Toshkent vaqti bilan 18:00 dan kechiktirmay topshirishga taklif qiladi.

Barcha manfaatdor tomonlar malaka talab hujjatini bepul yuklab olishlari va tenderning ushbu bosqichida ishtirok etishlari mumkin.

Agar hujjatni yuklab olishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, quydagi mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
pv_adb_tenders@minenergy.uz
tilabov.s@minenergy.uz

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
xxasanov@ppp.mf.uz

Osiyo taraqqiyot banki
guzar-solar@adb.org

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan