Sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSh loyihalari haqida ma’lumot
Agentlik tomonidan mas’ul vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 2019 – 2021 yillar davomida sog‘liqni saqlash sohasida 26 ta DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Ulardan bugungi kun holatiga 24 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan. Yana 2 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolanishi arafasida. Bundan tashqari ayni kunda 4 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bular:
- Xalqaro Moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida (IFC) Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish;
- Xalqaro Moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida (IFC) Nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazi tashkil etish;
- Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida (ADB) Hududlarda poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish;
- “Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi” DUK negizida stomatologiya markazini tashkil etish.
Yangi sharhlar