18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Davlatimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, bayrog‘imiz hamisha sarbaland bo‘lsin.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
Yangi sharhlar