Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan hisobot
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2021 yil 1 oktyabr holatiga (2019- 2021 yilda amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari), umumiy qiymati 2,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan jami 160 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan energetika sohasida 2 ta, kommunal xizmatlar sohasida 5 ta, transport sohasida 1 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 26 ta, suv xo‘jaligi sohasida 64 ta, ekologiya sohasida 30 ta, ta’lim sohasida 27 ta, sport, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va xuquqni muxofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihalar ustida ishlar davom etmoqda. Shundan:
- DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolangan loyihalar soni – 139 ta;
- DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 4 ta;
- Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 17 ta;
Yangi sharhlar