O‘zbekiston iqtisodiy forumida shartnoma va memorandumlar imzolandi

Toshkentda davom etayotgan “O‘zbekiston iqtisodiy forumi” doirasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ishtirokida qator shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Imzolangan hujjatlar ro‘yxati:

1 – Maktabgacha ta’lim vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “Davlat-xususiy sheriklik asosida 20 ta maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash loyihasiga maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandum (qiymati 50 mln dollar)

2 – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “Jizzax va Buxoro viloyatlarida issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish” loyihasiga maslahat ko‘rsatish bo‘yicha Memorandum (qiymati 450 mln dollar)

3 – Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasiga maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandum (qiymati 300 mln dollar)

4 – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasiga maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandum (qiymati 234,5 mln dollar)

5 – Toshkent shahar hokimligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va “Lazard” kompaniyasi o‘rtasida “Toshkent shahrida issiqlik kogeneratsion stantsiyalarni qurish (2 bosqichli) loyihasiga moliyaviy maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandum

6 – Xalq ta’limi vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida “Davlat-xususiy sheriklik asosida 20 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash loyihasiga maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandumi (qiymati 50 mln dollar)

7 – Xalq ta’limi vazirligi va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida “Davlat-xususiy sheriklik asosida 20 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash loyihasiga maslahat xizmati ko‘rsatish” bo‘yicha Memorandum (qiymati 50 mln dollar)

8 – Sog‘liqni-saqlash vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida «Hududlarda Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy markazlarni tashkil etish bo’yicha» Memorandum

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan