Samarqand xalqaro aeroporti infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan bitim imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Air Marakanda” MChJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash bo‘yicha marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, “Air Marakanda” MChJ XKning rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.
Mazkur bitim “Samarqand” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish, aeroportni boshqarish sohasida yetakchi xalqaro kompanyalarni jalb qilish maqsadida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida imzolandi.
Yangi sharhlar