[:uz]

Joriy yilning 8-sentabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov  “Veolia” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Malika Genduri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, “Veolia” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shahin Butilla, kompaniya vakolatxonasi yordamchisi Sanjar Saidjanov hamda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Davlat xususiy sherikligini rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov va direktor o‘rinbosari Nodir Nuritdinov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, xususan, Toshkent markaziy isitish tizimini rivojlantirish loyihasi, uning texnik va moliyaviy taraflari, amalga oshiriladigan loyihalar asosida yangi va barqaror ish o‘rinlarining yaratish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida qayd etib o‘tilgan masalalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.[:]