DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlarida maishiy chiqindilarni toʼplash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichi boshlanganligini eʼlon qiladi.
Tenderda ishtirok etish istagini bildirmoqchi boʼlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar quyida keltirilgan dastlabki malakani baholash hujjatlarini yopiq konvertda, muhrlangan, loyiha nomi koʼrsatilgan va “Maishiy chiqindilarni toʼplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisidagi bitimni tuzish huquqi boʼyicha tender gʼolibini aniqlash uchun tender komissiyasiga” deb yozilgan holatda, Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasiga, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 27 sentyabr soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlari shart.
Tender oʼtkazish uchun asos: Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son Qarori.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Masʼul xodimlar: O.Raxbarov, N.Аdxamjonov.
E-mail: info@uznature.uz
Manzil: 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulugʼbek tumani, Sayram 5-tor koʼchasi, 15-uy. Telefonlar: (71) 207-07-70 (1072#, 5003#), (99) 409-70-02.
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz ARajabov@ppp.mf.uz Tel: 71-203-03-07 (709)
Yangi sharhlar