[:uz]Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida Koreyaning “Hyundai Engineering CO. Ltd” va “Saman Corporation” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Koreya Respublikasi tomonidan “Hyundai Engineering CO. Ltd” kompaniyasi infrastruktura bo‘limi katta menejeri Kim Xyung Gyu, bo‘lim menejeri Yeo Gang Yeop va “Saman Corporation” kompaniyasi boshqaruv direktori va bosh muhandisi Byun Ki Sang ishtirok etdi. Muzokaralar davomida tomonlar kommunal sohada DXSh loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Agentlik rahbariyati ishtirokchilarga dastlab, DXSh sohasidagi qonunchilik va unga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mehmonlar bugungi kunda poytaxtimizda xususiy tashabbus bilan amalga oshirilayotgan Salar va Bektemir kanalizasiya tozalash inshootlari loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishning xozirgi xolati haqida ma’lumot taqdim etishdi. Ushbu loyiha doirasida kuniga 200 ming tonna oqava suvni tozalash imkoniyati yaratiladi. Loyihaning dastlabki qiymati taxminan 200 million dollarni tashkil etadi. Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash hujjati 2021 yil iyulda tayyor bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ustida ishlash boshlanadi.
Shuningdek, Agentlik vakilllari ishtirokchilarga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi yana bir istiqbolli loyiha – Namangan shahridagi kanalizasiya tozalash inshootlarini modernizasiya qilish ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ayni kunda ushbu loyiha bo‘yicha tender jarayonlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Koreya kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblangan Davlat-xususiy sheriklini rivojlantirish agentligiga mamlakatda DXShni rivojlantirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.[:]