[:uz]O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Med Center Buvayda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbus qilingan Farg‘ona viloyati Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi hududidagi bo‘sh yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy diagnostika markazini tashkil etish loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha)ni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi PQ-4290-son “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Loyiha konsepsiyasi

Qiziqish bildirish formasi

Kompaniyalar Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etishlari so‘raladi. Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan ilovadagi jadvalni to‘ldirilgan holda 2021 yilning 30-aprelga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi
Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz
Telefon raqami: (+71) 239-46-43

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,

Tel: 71-203-03-07

[:]