Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on va Narpay tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh asosida tashkil qilish loyihasi uchun QIZIQISH BILDIRISH E'LONI!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4845-sonli qarori qabul qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on va Narpay tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.
- Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi (EOI Submission form)
- Loyiha konsepsiyasi
Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2021 yil 19-mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Murojaat uchun:
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi,
Manzil: 100047, Toshkent shahar, Yashnabod tumani, To‘ytepa ko‘chasi 2-a uy.
Ma’sul xodimlar: O.Raxbarov, M.Xursanov.
E-mail: info@uznature.uz
Tel: 71 207-07-70 (1072#, 5003#) 99 845-97-04, 90-272-04-40.
———————————————————————————–
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,
Tel: 71-203-03-07
Yangi sharhlar