Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tashabbusi “Davlat — xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. 2021 yil 22 yanvar’ kuni mazkur Qonun loyihasi o‘rnatilgan tartibda qabul qilindi va 2021 yilning 23 yanvaridan kuchga kirishi belgilandi.
Ushbu Qonun chet el investisiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida realizasiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari O‘zbekiston Respublikasi chet el valyutalariga va shartli birliklariga bog‘lanishi, konsessiyani taqdim etish bilan bog‘liq munosabatlar, loyihani amalga oshirishda kreditorlarning ishtiroki va ularni manfaatlarining himoyasi, mahalliy ijro hokimiyatlarining yer ajratishdagi vakolatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi va xususiy sherik o‘rtasida tuziladigan, xususiy sherik va (yoki) kreditorlarga qo‘shimcha kafolatlar hamda qo‘llab-quvvatlash choralarini davlat — xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki davlat tomonidan qo‘llab —quvvatlash to‘g‘risidagi bitim orqali rasmiylashtirish masalalari o‘z aksini topgan.
Shuningdek, davlat — xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qo‘llab — quvvatlash to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan imzolanishi hamda Davlat byudjetiga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan DXSh loyihalarda loyiha konsepsiyasi tasdiqlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olinishi mazkur Qonun bilan mustahkamlandi.