[:uz]2020 yil 9 sentyabr’ kuni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ZOOM platformasida o‘tgan muloqotda YeTTBning sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSh loyihalari, xususan shifoxona loyihalarini tuzish va moliyalashtirish masalalari hamda “Turkiya DXSh dasturi”ning afzalliklari haqida so‘z bordi.


Turkiya infratuzilma boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sule Qilich sog‘liqni saqlash sohasidagi “Turkiya DXSh dasturi”, shuningdek, ayni yo‘nalishda Turkiyada amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Barqaror infratuzilma siyosati boshqarmasi boshlig‘i Jon Sid YeTTB tomonidan DXSh loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilayotgan moliyaviy yordamlar haqida so‘z yuritdi.
Barqaror infratuzilma bo‘yicha konsalting departamenti rahbari Markos Garsiya esa YeTTBning “DXShni rivojlantirish uchun infratuzilma loyihalarini tayyorlash asoslari” modeli to‘g‘risida ma’lumot berdi.[:]