[:uz]2020 yil 9 sentyabr kuni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida onlayn videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent va Bekobod shaharlarida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi muhokama qilindi. Xususan, loyihaning istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan ishlash bo‘yicha ishlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasini qabul qilish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
DXSh agentligi direktori G‘olib Xoljigitov loyihaning hozirgi holati, uni amalga oshirish bosqichlari va shartlari haqida aytib o‘tdi. Yig‘ilish davomida shuningdek, O‘zbekiston hukumatining xorijiy investorlarni jalb qilish orqali sohani yanada rivojlantirish borasidagi say-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.[:]