[:uz]

Bosh ofisi London shahrida joylashgan PPP Experts – davlat-xususiy sheriklik sohasidagi xalqaro tashkilot O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini jahonda 2020 yilda samarali faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or tashkilot deb topdi.

PX20_Letter of Award

-“O‘zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bizning mukofotlar qo‘mitasi va maslahat kengashi tomonidan 2020 yilda dunyoning eng yaxshi rivojlanayotgan DXSh bozori sifatida PPP Experts mukofotiga loyiq ko‘rildi”-deyiladi xabarda. Tanlov jarayonida biz ushbu nufuzli mukofot uchun tanlangan bir nechta da’vogarlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining erishayotgan ulkan yutuqlari uchun bu yilgi mukofotni unga berishga qaror qildik. Mukofotlar qo‘mitasi, DXShni rivojlantirish agentligi tomonidan qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishganiga alohida urg‘u berdi.

Xabarda shuningdek, O‘zbekistonda DXSh yo‘nalishida etarli huquqiy baza yaratilgani, imzolangan bitimlar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlarning mamlakatga qiziqishining ortib borayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun: PPP Experts tashkiloti dunyodagi ko‘plab davlatlar va yirik moliya muassasalariga DXSh yo‘nalishida maslahatlar taqdim etish va tadbirlarni o‘tkazish orqali davlat va xususiy sektor hamkorligini yanada mustahkamlashga yordam beruvchi tashkilot hisoblanadi. U 50 dan ortiq sohaning eng tajribali mutaxassislarini o‘zida jamlagan.[:]