[:en]The Ministry of Energy has a capacity of up to 1,000 MW under the terms of a public-private partnership (ADB) with the ADB, with an estimated project cost of $ 800 million. The agreement on rendering consulting services for the construction of a number of photovoltaic plants worth US $ was signed.

The site of the first pilot project for the construction of a 100 MW photovoltaic power plant (under this agreement) was selected in the Sherabad district of Surkhandarya region.[:uz]Energetika vazirligida OTB bilan davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) shartlari asosida umumiy quvvati 1000 MVt.gacha bo‘lgan hamda taxminiy loyiha qiymati 800 mln. AQSh dollariga teng bir qator fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga doir bitim imzolandi.

100 MVt quvvatli fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi sinov loyihasini amalga oshirish joyi sifatida (ushbu bitimga ko‘ra) Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani tanlangan.

OTB ushbu bitimga muvofiq, maslahatchi sifatida ish yuritadi, loyihaning konsepsiyasi, moliyaviy modeli, loyihaviy-baholash hujjati (TEO), elektr energiyani xarid qilish to‘g‘risidagi bitim (RFQ) tayyorlanishini tashkillashtiradi hamda energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro tenderni o‘tkazadi.

Ushbu loyiha Energetika vazirligi tomonidan OTB, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, DXSh rivojlantirish agentligi ko‘magida va muvofiqlashtirilishi yordamida amalga oshiriladi. Loyiha amalga oshirilishining boshlanishi 2021 yilga mo‘ljallanmoqda.

Qayd etilishicha, 2030 yilgacha DXSh bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunda ularning asosiy qismi qayta tiklanadigan energiya manbalari (QEM)ga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, respublikaning bir nechta hududida quvvati 5 GVt.gacha bo‘lgan fotoelektr stansiyalari va quvvati 1,7 GVt.ga teng shamol elektr stansiyalari, shuningdek, Sirdaryo viloyatida quvvati 2,6 GVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sanab o‘tilgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarning asosiy qismi XMK tomonidan, shu bilan birga, byudjet hisobidan to‘lanadigan xarajatlarning bir qismi tender g‘olibi tomonidan qoplanadi.[:]