TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.
Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.
Samarqand davlat universitetiga xususiy tashabbuskor «The Best Story in Samarkand» MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Samarqand davlat universitetining (0.3 gektar) xududida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Samarqand davlat universiteti tomonidan joriy yilning 6-martida tasdiqlangan.
Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2023-yil 29-aprelgacha topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi
Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti manzili: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Universitet ko’chasi 15-uy, E-mail: devonxona@samdu.uz, shamsiddin@mail.ru, veb-sayt: https://samdu.uz, Telefon raqami: 66-233-50-23; +99890-270-00-39;
- Oliy ta’lim va innovasiyalar vazirligi manzili: 100174 Toshkent shahri, Universitet ko’chasi, 7-uy, E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23.
“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.
Yangi sharhlar