TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Toshkent davlat agrar universitetiga xususiy tashabbuskor «New-Brend-House» MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2-uydagi Toshkent davlat agrar universitetining  (0.3 gektar) xududida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan joriy yilning 3-martida tasdiqlangan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2023-yil 23-aprelgacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Toshkent davlat agrar universiteti manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy, E-mail: tuag_info@edu.uz, tdau@exat.uz, a.abduvasikov@tdau.uz, veb-sayt: www.tdau.uz, Telefon raqami: 71 260-47-74, 71 260-48-00;
  2. Oliy ta’lim va innovasiyalar vazirligi manzili: 100174 Toshkent shahri, Universitet ko’chasi, 7-uy, E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz,  Telefon raqami:  71 203-32-23.

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan