DIQQAT E’LON ! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’RQ-537-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 259-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiningning 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarorlariga asosan “Transport oqimi nazorati” MChJ tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumanida xavfsiz va aqlli shahar uskunalarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirishga davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish va foydalanish bo’yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha doirasida Toshkent viloyati Chinoz tumanida xavfsiz va aqlli shahar asboblarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflarini  2023-yil 20-aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha  topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

Loyiha haqida malumot.

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tender hujjatlari (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Chinoz tumani hokimligi Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Sh.Rashidov ko’chasi 12-uy Tel: 0 370 59-31-162, E-mail: chinoz.t@umail.uz

(Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirilgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qoq’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSh to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan,qiziqish bildirish uchun so’rov va tender takliflari olingan taqdirda, Hokimlik tomonidan loyihaning xususiy tashabuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan