Andijon viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi o’rganildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruhi Аndijon viloyatining Bo‘ston tumanida bo‘lib, qator ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi bilan tanishdi.

Safar davomida obyektlarda tejamkor texnologiyalarning samaradorligiga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Bo‘ston tajribasini vodiyning boshqa viloyatlarida ham joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Maʼlumot uchun: Bo‘ston tumanidagi aksariyat ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sherikchilik asosida «Kozlusan» (Turkiya) isitish tizimi bilan jihozlangan.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan