2022 yil davomida amalga oshirilgan va 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan ma’lumot
Respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2022 yil davomida umumiy qiymati 4,5 mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan jami 212 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.
Jumladan, energetika sohasida 8 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 20 ta, suv xo‘jaligi sohasida 52 ta, ekologiya sohasida 53 ta, ta’lim sohasida 48 ta, madaniyat sohasida 24 ta, bandlik va mehnat munosabatlari sohasida 2 ta, transport, kommunal xizmatlar, soliq, hunarmandchilik sanoati va huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan DXSh loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shundan:
- DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 173 ta;
- DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 25 ta;
- Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 14 tani tashkil etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 105-bandiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan:
Energetika sohasida 11 ta;
Transport sohasida 5 ta;
Kommunal xizmatlar sohasida 3 ta;
Sog‘liqni saqlash sohasida 3 ta;
Ta’lim sohasida 6 ta;
Ekologiya sohasida 33 ta;
Suv ho‘jaligi sohasida 33 ta;
Boshqa ijtimoiy sohalarda 60 tani tashkil etadi.
Mazkur davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini sohalar kesimida tahlil qilinganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Jumladan:
Energetika sohasi:
2022 yil davomida davlat-xususiy sheriklik asosida energetika sohasida umumiy qiymati 4,2 mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan jami 8 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar tashkil etilgan bo‘lib, shundan 1 ta loyiha bo‘yicha investitsiya bitimi imzolangan:
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 1600 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan “EDF” (Fransiya), “Nebras Power” (Qatar) va “Sojitz Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan investitsiya bitimi 2022 yil 25 mart kuni imzolangan (loyiha qiymati – 1,3 mlrd AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 0,63 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
Energetika sohasida 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmoqda va yana 3 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender jarayonlari yakunlanib, g‘oliblar e’lon qilingan bo‘lib, jami 5 ta DXSh loyihasi bitim imzolanish arafasida. Bular:
✅ «Navoiyazot» AJ negizida Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan kimyo-texnologik klasteri uchun issiqlik va quyosh elektr stansiyalarini barpo etish loyihasi bo‘yicha xususiy sherik sifatida “Electricite de France S.A.” (Fransiya), “Stone city InSolar B.V” (Niderlandiya) va “Siemens energy global GmbH&Co.KG” (Germaniya) kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilmoqda va xususiy sherik tomonidan loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjati (LBH) ishlab chiqilmoqda (loyiha qiymati – 900 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Toshkent shahar issiqlik markazlarini kogeneratsion texnologiyalarini joriy etish orqali Davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Niderlandiyaning “Stone city energy II B.V.” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmoqda va “Stone city energy II B.V.” kompaniyasi tomonidan loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda (loyiha qiymati – 1 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tender jarayonlari yakunlanib, BAAning “Masdar” kompaniyasi 1 kVt elektr tarifi uchun 3,044 sent dollar taklif bilan g‘olib deb topildi. Hozirgi kunda DXSh bitimini rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi (loyihaning dastlabki qiymati – 350 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha bo‘yicha tender jarayonlari yakunlanib, Fransiyaning “Voltalia» kompaniyasi 1 kVt elektr tarifi uchun 2,888 sent dollar taklif bilan g‘olib deb topildi. Hozirgi kunda DXSh bitimini rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. (loyihaning dastlabki qiymati – 100 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha bo‘yicha tender jarayonlari yakunlanib, GD Power – Powerchina» konsorsiumi (Xitoy) 1 kVt elektr tarifi uchun 4,828 sent dollar taklif bilan g‘olib deb topildi. Hozirgi kunda DXSh bitimini rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. (loyihaning dastlabki qiymati – 150 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ta loyiha bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda. Bular:
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi yakunlandi va kelib tushgan 12 ta arizadan 8 tasi minimal shartlarga javob berganligi va ular tenderning 2-bosqichiga o‘tganligi e’lon qilindi. Tenderning 2-bosqichi joriy yil 3 dekabr kuni e’lon qilindi va 3 oy davomida takliflar qabul qilinadi (loyihaning dastlabki qiymati – 210 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi 2022 yil 1 aprelda e’lon qilingan va 2022 yil 15 iyulda yakunlandi. Tender komissiyasi tomonidan takliflar baholanib, tenderning 1-bosqichidan 10 ta kompaniyalar o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirgi kunda tenderning 2-bosqichi e’lon qilinishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 218 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bular:
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida 100 MVt Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (ADB Solar 3) loyiha konsepsiyasi 2022 yil 14 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. (loyihaning dastlabki qiymati – 100 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 150 MVt Quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish (ADB Solar 4) (loyihaning dastlabki qiymati – 150 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind III) (loyihaning dastlabki qiymati – 700 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Gidroelektrstansiyalarni DXSh shartlari asosida tashkil qilish va boshqarish loyihalaridir.
Transport sohasi:
Transport sohasida 2022 yil davomida 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, shundan 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
✅ Toshkent shahrining 10ta ko‘chasida DXSh asosida avtomobilning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylar tizimini yaratish loyihasi bo‘yicha “Kasy Park” MChJ bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolandi va loyiha 2022 yil 22 avgust kuni reestrga olindi (loyiha qiymati – 0,08 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:
✅ Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilingan va Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 2,831 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 1,37 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi uchun maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 484 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 3,814 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 200 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Kommunal xizmatlar sohasi:
Kommunal xizmatlar sohasida 2022 yil davomida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:
✅ 2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi bo‘yicha tenderi g‘olibi aniqlangan va 2022 yil 24 fevral kuni tender g‘olibi bo‘lgan Metito kompaniyasi bilan DXSh bitimi imzolandi (loyihaning dastlabki qiymati – 96 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda, jumladan:
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi loyihasi ishlab chiqildi. Maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimini 2022 yil 20 may kunida Xalqaro DXSh davra suhbati doirasida imzolandi. Hozirgi kunda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Asia Pacific Project Preparation Facility – AP3F” (Osiyo-tinch okeani loyihalarini tayyorlash jamg‘armasi) mablag‘larini jalb qilish orqali maslahatchilarni jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 234 mln AQSh dollari);
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Buxoro viloyati issiqlik ta’minoti tiziminim davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik bitimi 2022 yil 3 noyabr kuni II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Hozirgi kunda maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 150 mln AQSh dollari).
Sog‘liqni saqlash sohasi:
Sog‘liqni saqlash sohasida 2022 yil davomida 20 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan va jami qiymati 12,7 mln.AQSh dollari bo‘lgan 16 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Shuningdek, qiymati 2,50 mln. AQSh dollari bo‘lgan 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender bosqichlari yakunlanib, DXSh bitimi imzolanishi arafasida.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 20,76 mln. AQSh dollari miqdoridagi 2 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda. Xususan, 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi 1 ta yirik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda:
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazini tashkil etish loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi va tender hujjatlari ishlab chiqilib, tenderning 1-bosqichi 2022 yil 30 apreldan 2022 yil 15 iyulgacha davom etdi va takliflar baholanib, 1-bosqichdan o‘tgan 3 ta konsorsiumlar e’lon qilindi. Loyiha qamrovidan Toshkent viloyatini chiqarib tashlandi va tenderning 2-bosqichi e’lon qilinishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 20 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 12 yil);
- Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ta yirik loyihalar bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Jumladan:
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmokli shifoxona tashkil etish loyihasi bo‘yicha Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” kredit liniyasi hisobidan yuridik va texnik maslahatchilar jalb qilindi va hozirda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati –
82 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 22 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida Andijon va Buxoro viloyatlarida poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi imzolandi. Bugungi kunda loyihani amalga oshirishda maslahatchilarni jalb qilish uchun “Asia Pacific Project Preparation Facility – AP3F” (Osiyo-tinch okeani loyihalarini tayyorlash jamg‘armasi) tomonidan 2,5 mln. AQSh dollarida grant mablag‘lari ajratilishi yuzasidan muzokoralar olib borilmoqda va tegishli konsultantlarni jalb qilish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 240 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 22 yil).
Ta’lim sohasi:
2022 yil davomida umumiy qiymati 110,6 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan jami 48 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.
Mazkur sohada jami 35 ta umumiy qiymati 77,33 mln AQSh dollari miqdoridagi DXSh to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, umumiy qiymati 20,5 mln AQSh dollari miqdoridagi 9 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘oliblari bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 12,75 mln AQSh dollari miqdoridagi 4 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.
- Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida ta’lim sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 6 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan:
✅ Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 13 ta umumta’lim maktablarini DXSh asosida qurish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlanishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 80 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magi yordamida Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi uchun Andijon va Samarqand viloyatlarida hududlarni o‘rganish ishlari olib borildi va hozirgi kunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 70 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi yordamida Respublikada DXSh asosida 15 tagacha umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Tashabbuskor kompaniyalar ko‘magida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida DXSh asosida 15 ta umumta’lim maktablarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyani jalb qilish bo‘yicha tender hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot banki maslahat ko‘magi bilan Respublikada DXSh asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (bog‘chalar) qurish, rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimi 2022 yil 3 noyabr kuni II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Hozirgi kunda konsultantlarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 75 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ DXSh asosida oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan maslahat ko‘magi bitimi 2022 yil 3 noyabr kuni II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Hozirgi kunda konsultantlarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 115 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil).
Ekologiya sohasi:
2022 yilda jami 53 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha, ya’ni umumiy qiymati qariyb 78,5 mln.dollar bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4845-son Qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar umumiy qiymati 61 mln AQSh dollari miqdoridagi jami 43 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, umumiy qiymati 8 mln AQSh dollari miqdoridagi 4 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘olibi bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta (3 ta tuman), Surxondaryoda 1 ta (1 ta tuman), Toshkent viloyatida 2 ta (9 ta tuman, shahar) DXSh loyixalari byicha bitimlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yana umumiy qiymati 9,35 mln AQSh dollari miqdoridagi 6 ta (31 ta tuman, shahar), jumladan, Namangan viloyatida 1 ta (4 ta tuman), Xorazm viloyatida 1 ta (3 ta tuman), Sirdaryo viloyatida 1 ta (11 ta tuman, shahar) va Jizzax viloyatida 3 ta (13 ta tuman, shahar) DXSh loyihalari yuzasidan tender jarayonlari davom etmoqda.
- Shuningdek, 2021 yilning 29-30 sentabr kunlari “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 300 mln.dollar bo‘lgan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirish uchun Memorandum imzolandi. Bugungi kunda loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Suv xo‘jaligi sohasi:
2022 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 2,3 mln AQSh dollari bo‘lgan 52 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida suv xo‘jaligi sohasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini Germaniyaning «Mikara» kompaniyasi bilan amalga oshirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nasos stansiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini BAA ning «Alcazar» kompaniyasi bilan amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib borilmoqda.
Madaniyat sohasi:
2022 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 8,9 mln. AQSh dollari bo‘lgan 24 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha qiymati 5,8 mln. AQSh dollari bo‘lgan 19 ta DXSh bitimi imzolandi.
Shuningdek, madaniyat sohasida umumiy qiymati 2,7 mln. AQSh dollari bo‘lgan 5 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bitim imzolanishi arafasida.
Hunarmandchilik sanoati sohasi:
2022 yil davomida hunarmandchilik sanoati sohasida qiymati 0,04 mln AQSh dollari bo‘lgan sohasida 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi qayta imzolandi.
Bandlik va mexnat munosabatlari sohasi:
Mazkur sohada umumiy qiymati 0,31 mln. AQSh dollari bo‘lgan 2 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Soliq sohasi:
Mazkur sohada qiymati 0,02 mln. AQSh dollari bo‘lgan 1 ta DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, ushbu loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
✅ 2022 yilda «Defen Financial» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Ishonchli Hamkor avtomatlashtirilgan informatsion tizimni DXSh asosida ishlab chiqish va amalga oshirish loyihasi bo‘yicha DXSh loyihasining bitimi imzolangan
Huquqni muhofaza qilish sohasida qiymati 0,75 mln. AQSh dollari bo‘lgan 1 ta DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, ushbu loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Yangi sharhlar