Agentlik jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya tizimlari hamda vazirlik huzuridagi tashkilot xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining saralash bosqichlari tashkil etildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy bo‘lgan o‘yinlarda hududiy moliya, g‘aznachilik boshqarmalari, pensiya jamg‘armasi hamda vazirlik huzuridagi tashkilotlar xodimlaridan iborat 46 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

Moliya-iqtisodiyot, mantiqiy savollar asosida jamoalarning hozir javobligi bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra vazirlik huzuridagi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘yinda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi 1-o‘rinni, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi 2-o‘rinni O‘quv markazi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yangi yil bayrami arafasida g‘olib jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan