G‘uzor tumanida 300 mvt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi uchun tenderning 2-bosqichi (rfp) boshlandi

Energetika vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni (investor) tanlash bo‘yicha tenderning 2-bosqichi (RFP)  boshlanganligini eʼlon qiladi.

Tanlov komissiyasi tarkibiga Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari kiradi.

Tender hujjatlari Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro maslahatchilari ko‘magida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan. Tenderning birinchi bosqichida minimal malaka shartlariga javob bergan 8 ta kompaniya (https://minenergy.uz/en/news/view/2038) va konsorsiumdan bu bosqichda texnik-tijoriy takliflar taqdim etishi so‘raladi.

Loyiha G‘uzor tumanidagi 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va 1 soat davomida 75 MVt quvvat beradigan energiya saqlash tizimi (akkumulyator)ni o‘z ichiga oladi.

Tenderda g‘olib bo‘ladigan investor quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalaydi, moliyalashtiradi, ishlatadi va shartnoma muddati oxirida stansiyani topshiradi yoki buzib yerni avvalgi holiga qaytaradi.

Takliflarni tayyorlash muddati 3 oy deb belgilandi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan