O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Nurafshon shahrida xavfsiz va aqlli shahar uskunalarini joriy qilish davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan qiziqish bildirish uchun e’lon.

Toshkent viloyati Nurafshon shahri avtomobil yo`llarida yo`l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o`rnatish loyihasining Konsepsiyasi Nurafshon shahar hokimligi tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimligi) hamda vakolatli davlat organi (Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi) tomonidan ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirildi.

  1. Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi;
  2. Loyiha konsepsiyasi;
  3. Loyiha haqida ma’lumot;

Tenderda ishtirok etish istagi bo‘lgan tomonlar o‘zlarining qiziqish uchun so‘rovlarini 2023 yil 9 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimligiga topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va hujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

E-mail: nurafshon.sh@umail.uz

Manzil: Toshkent viloyati Nurafshon shahri, Toshkent yo`li ko‘chasi, 55a uy.
Telefonlar: (70) 762-60-00.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan