DIQQAT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Jizzax viloyatining Zarbdor, Sh.Rashidov tumanlari va Jizzax shahrida (1-lot) maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan qiziqish bildirish uchun e’lon.

Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi) tomonidan ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirildi.

  1. Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi;
  2. Loyiha konsepsiyasi;
  3. Loyiha haqida ma’lumot;

Tenderda ishtirok etish istagi bo‘lgan tomonlar o‘zlarining qiziqish uchun so‘rovlarini 2022 yil 26 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va hujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Mas’ul xodim: J.Jalilov.

E-mail: info@uznature.uz

Manzil: 100043, Toshkent sh., Chilonzor tumani., Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a uy. Telefonlar: (71) 207-07-70 (1072#, 5003#); (93) 501-19-00; (99) 016-17-56.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  ARajabov@ppp.mf.uz Tel: 71-203-03-07 (709)

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.