Iqtisodiy forumda davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida davlat-xususiy sheriklik sohasida 8 ta bitim imzolandi. Xususan,

  1. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Italiyaning Sigma S.R.L. kompaniyasi o‘rtasida feromon dispenser ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyihaning dastlabki qiymati 6 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
  2. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Synergy konsalting kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
  3. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini qurish va jihozlash loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi imzolandi. Loyiha qiymati 115 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
  4. Osiyo taraqqiyot banki, Energetika vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida
    1 GVt quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan 3 va 4-loyihalar bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimiga qo‘shimcha kelishuv imzolandi. Loyiha qiymati 200 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
  5. Osiyo taraqqiyot banki, Uy-joy kommunal xizmat  ko‘rsatish vazirligi  va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) maslahat ko‘magida Buxoro issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida maslahat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi. Loyiha qiymati 150 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
  6. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Moliya vazirligi va Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zbekiston davlat xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish jamg‘armasining moliyalashtirish shartlarini kelishish bo‘yicha bitim imzolandi. Kelishuv qiymati 20 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
  7. Osiyo taraqqiyot banki, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) maslahat ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi imzolandi. Kelishuv qiymati 75 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
  8. Osiyo taraqqyot banki, Sog‘likni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Buxoro va Andijon viloyatlarida tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi almashildi. Kelishuv qiymati 240 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan