Samarqandda II Oʼzbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

3-4 noyabr kunlari Samarqandda II Oʼzbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Аnjumanda xalqaro moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy taraqqiyot tashkilotlari, jumladan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki va xalqaro investitsiya banklari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining yuqori darajali rahbarlari va ekspertlari, xususiy sektor vakillari, investorlar, hukumat vakillariб umumiy 1500 ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Jumladan, 900 dan ortiq xorijiy davlat vakillari va 600 ga yaqin mahalliy ishtirokchilar makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o‘sishni ta’minlash, xususiy sektorni rivojlantirish, gender tenglik, yoshlarni qo‘llab–quvvatlash, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyotga o‘tish, moliyaviy bozorlarni rivojlantirish, energetika sektori, qulay va ochiq biznes muhitini shakllantirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muhokama olib bordilar.

Forum avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaatini Prezident matbuot kotibi Sherzod Аsadov o‘qib eshittirdi.

“Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbir

– Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga bag‘ishlangan 14 ta panel sessiyalar;
– 15 ta dolzarb iqtisodiy mavzularda hamkorlar tadbirlarini o‘z ichiga oldi.

Forum doirasida xususiy sektorni moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik, budjetni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, energetika, shaharlarni ko‘mpleks rivojlantirish va sanoat sohalarida umumiy qiymati 3,8 mlrd dollar ekvivalentidagi 62 ta loyihalar yuzasidan bitimlar imzolandi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan