2019-2021 yillar va 2022 yil yanvar – sentabr oylari davomida amalga oshirilgan va 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2019-2021 yillar va 2022 yil yanvar – sentabr oylari davomida umumiy qiymati 12,4 mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan jami 423 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.
Jumladan, energetika sohasida 26 ta, kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 48 ta, suv xo‘jaligi sohasida 157 ta, ekologiya sohasida 69 ta, ta’lim sohasida 71 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 14 ta, madaniyat sohasida 27 ta, transport hamda bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 2 tadan, hamda axborot texnologiyalari, soliq, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish va huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihalarni tashkil etadi.
Shundan:
- DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 358 ta;
- DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 33 ta;
- Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 32 tani tashkil etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 105-bandiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan:
Energetika sohasida 11 ta;
Transport sohasida 5 ta;
Kommunal xizmatlar sohasida 3 ta;
Sog‘liqni saqlash sohasida 3 ta;
Ta’lim sohasida 6 ta;
Ekologiya sohasida 33 ta;
Suv ho‘jaligi sohasida 33 ta;
Boshqa ijtimoiy sohalarda 60 tani tashkil etadi.
Mazkur davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini sohalar kesimida tahlil qilinganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Jumladan:
Energetika sohasi:
2019-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida energetika sohasida umumiy qiymati 10,27 mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan jami 26 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar tashkil etilgan bo‘lib, shundan 18 ta loyihalar bo‘yicha investitsiya bitimlari va 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Navoiy viloyati Karmana tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi 2019 yil 8 noyabr kuni imzolangan va stansiya 2021 yil 27 avgust kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 100 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 2,67 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Samarqand viloyati Nurobod tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2019 yil 13 sentyar kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 24 may kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 107 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 3,5 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Toshkent viloyati Qibray tumanida 240 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil 20 yanvar kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 14 yanvar kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 2 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Toshkent viloyati Qibray tumanida 230 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil 20 yanvar kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 14 yanvar kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,9 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Buxoro viloyati Buxoro tumanida 270 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil 20 yanvar kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 5 yanvar kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,9 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 174 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Hidro Enerji Elektrik” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 4 mart kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 11 mart kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 105 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 2 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Toshkent viloyati Qibray tumanida 240 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Cengiz Enerji San. Ve” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil
9 sentyar kuni imzolangan va stansiya 2022 yil 28 mart kuni ishga tushirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 2 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 1500 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil 6 mart kuni imzolangan va stansiyani 2024 yil mart oyida ishga tushirish kutilmoqda (loyiha qiymati – 1,2 mlrd AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,15 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklarining “MASDAR” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2020 yil 10 iyun kuni imzolangan va stansiyani 2024 yil avgust oyida ishga tushirish kutilmoqda (loyiha qiymati – 600 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 3,5 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Buxoro viloyati Peshku tumanida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 24 yanvar kuni imzolangan va stansiyani 2024 yil iyul oyida ishga tushirish kutilmoqda (loyiha qiymati – 650 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 3,2 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 23 fevral kuni imzolangan va stansiyani 2024 yil iyul oyida ishga tushirish kutilmoqda (loyiha qiymati – 630 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 3,2 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Navoiy viloyati Nurota tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha BAAning “Phanes Group” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 2 aprel kuni imzolangan va stansiyani 2023 yil sentabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 179 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 2,67 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Surxondaryo viloyatida 1530 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 22 aprel kuni imzolangan va stansiyani 2025 yil aprel oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 1,2 mlrd AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,15 yevrotsent; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 220 MVt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha Turkiyaning “Cengiz Enerji San. Ve” kompaniyasi bilan investitsiya bitimi 2021 yil 28 iyun kuni imzolangan va stansiyani 2023 yil aprel oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,9 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 220 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi 2021 yil 12 iyul kuni imzolangan va stansiyani 2023 yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,79 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 220 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi 2021 yil 12 iyul kuni imzolangan va stansiyani 2023 yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 150 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,82 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 457 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi 2021 yil 2 avgust kuni imzolangan va stansiyani 2023 yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan (loyiha qiymati – 260 mln AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 1,8 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 1600 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan “EDF” (Fransiya), “Nebras Power” (Qatar) va “Sojitz Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan investitsiya bitimi 2022 yil 25 mart kuni imzolangan (loyiha qiymati – 1,3 mlrd AQSh dollari; 1 kVt elektr tarifi – 0,63 sent doll.; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha 2021 yil 17 dekabr kuni loyiha bo‘yicha tender g‘olibi deb topilgan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan Elektr energiyani sotib olish to‘g‘risidagi hamda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Loyihaning qiymati – 108 million AQSh dollarini va muddati 25 yilni, 1 kVt elektr tarifi – 2,56 sent doll. ni tashkil etadi.
Energetika sohasida 2 ta DXSh loyihasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmoqda va bitim imzolanish arafasida. Bular:
✅ «Navoiyazot» AJ negizida Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan kimyo-texnologik klasteri uchun issiqlik va quyosh elektr stansiyalarini barpo etish loyihasi bo‘yicha xususiy sherik sifatida “Electricite de France S.A.” (Fransiya), “Stone city InSolar B.V” (Niderlandiya) va “Siemens energy global GmbH&Co.KG” (Germaniya) kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilmoqda va loyiha bo‘yicha maslahatchilarni jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda (loyiha qiymati – 900 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Toshkent shahar issiqlik markazlarini kogeneratsion texnologiyalarini joriy etish orqali Davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Niderlandiyaning “Stone city energy II B.V.” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmoqda va “Stone city energy II B.V.” kompaniyasi tomonidan loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda (loyiha qiymati – 1,1 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta loyiha bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda. Bular:
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi yakunlandi va kelib tushgan 12 ta arizadan 8 tasi minimal shartlarga javob berganligi va ular tenderning 2-bosqichiga o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirda tenderning 2-bosqichi boshlanishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 210 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi yakunlandi va 11 ta kompaniyalar minimal shartlarga javob berganligi va ular tenderning 2-bosqichiga o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirda tenderning 2-bosqichi davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 213 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi yakunlandi va 11 ta kompaniyalar minimal shartlarga javob berganligi va ular tenderning 2-bosqichiga o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirda tenderning 2-bosqichi davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 61 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi yakunlandi va 11 ta kompaniyalar minimal shartlarga javob berganligi va ular tenderning 2-bosqichiga o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirda tenderning 2-bosqichi davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 92 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi 2022 yil 1 aprelda e’lon qilingan va 2022 yil 15 iyulda yakunlandi. Tender komissiyasi tomonidan takliflar baholanib, tenderning 1-bosqichidan 10 ta kompaniyalar o‘tganligi e’lon qilindi. Hozirgi kunda tenderning 2-bosqichi e’lon qilinishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 218 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida energetika sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bular:
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind III) (loyihaning dastlabki qiymati – 700 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida 100 MVt Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (ADB Solar 3) (loyihaning dastlabki qiymati – 100 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 150 MVt Quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish (ADB Solar 4) (loyihaning dastlabki qiymati – 150 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Hududlarda “Toyota Tsusho” Corp. bilan hamkorlikda 500 MVt shamol elektr stansiyasini qurish (240-720 saqlash batareyalari bilan) (loyihaning dastlabki qiymati – 550 mln AQSh dollari);
✅ Gidroelektrstansiyalarni DXSh shartlari asosida tashkil qilish va boshqarish loyihalaridir.
Transport sohasi:
Transport sohasida 2019 – 2022 yillar davomida 7 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, shundan 2 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:
✅ Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha 2021 yil 23 sentabr kuni “Air Marakanda” komnaniyasi bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolandi (loyiha qiymati – 93 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 20 yil).
✅ Toshkent shahrining 10ta ko‘chasida DXSh asosida avtomobilning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylar tizimini yaratish loyihasi bo‘yicha “Kasy Park” MChJ bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolandi va loyiha 2022 yil 22 avgust kuni reestrga olindi (loyiha qiymati – 0,08 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil).
Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:
✅ Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilingan va Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 2,831 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha Yakuniy Texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 1,37 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi uchun maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyani jalb qilish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 484 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 3,814 mlrd AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 200 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
Kommunal xizmatlar sohasi:
- Kommunal xizmatlar sohasida 2019 – 2022 yillar davomida 3 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilgan va mazkur loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish DXSh loyihasi bo‘yicha xususiy tashabbuskor – Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. “Veolia” kompaniyasi g‘olib etib tayinlandi hamda DXSh bitimi 30.09.2021 da imzolandi (loyihaning dastlabki qiymati – 1,4 mlrd yevro; loyiha muddati – 30 yil).
✅ 2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Namangan shahar kanalizatsiya tozalash inshootini modernizatsiya qilish DXSh loyihasi bo‘yicha tenderi g‘olibi aniqlangan va 2022 yil 24 fevral kuni tender g‘olibi bo‘lgan Metito kompaniyasi bilan DXSh bitimi imzolandi (loyihaning dastlabki qiymati – 90 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil).
✅ Andijon viloyati Bo‘ston tumani ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi (loyihaning qiymati – 0.6 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 10 yil).
- Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahar oqova tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi loyihasi ishlab chiqildi. Maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimini 2022 yil 20 may kunida Xalqaro DXSh davra suhbati doirasida imzolandi va hozirgi kunda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Asia Pacific Project Preparation Facility – AP3F” (Osiyo-tinch okeani loyihalarini tayyorlash jamg‘armasi) mablag‘larini jalb qilish orqali maslahatchilarni jalb qilish kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 234 mln AQSh dollari);
✅ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Buxoro viloyati issiqlik ta’minoti tiziminim davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan xulosa va takliflar berildi (loyihaning dastlabki qiymati – 300 mln AQSh dollari).
Sog‘liqni saqlash sohasi:
- Sog‘liqni saqlash sohasida 2019 – 2022 yillar davomida 48 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan va jami qiymati 44,33 mln.AQSh dollari bo‘lgan 35 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Shuningdek, qiymati 6,97 mln. AQSh dollari bo‘lgan 11 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender bosqichlari yakunlanib, DXSh bitimi imzolanishi arafasida.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 25,46 mln. AQSh dollari miqdoridagi 2 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.
- 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta yirik loyihalar bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Jumladan:
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Nurli (Radio) terapiya tibbiyot markazini tashkil etish loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi va tender hujjatlari ishlab chiqilib, tenderning 1-bosqichi 2022 yil 30 apreldan 2022 yil 15 iyulgacha davom etdi va takliflar baholanib, 1-bosqichdan o‘tgan 3 ta konsorsiumlar e’lon qilindi. Hozirda loyiha qamrovini aniqlash ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati –
24,7 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 12 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmokli shifoxona tashkil etish loyihasi bo‘yicha Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” kredit liniyasi hisobidan yuridik va texnik maslahatchilar jalb qilindi va hozirda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati –
82 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 22 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida Andijon va Buxoro viloyatlarida poliklinika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimini 2022 yil 20 may kunida Xalqaro DXSh davra suhbati doirasida imzolandi. Bugungi kunda loyihani amalga oshirishda maslahatchilarni jalb qilish uchun “Asia Pacific Project Preparation Facility – AP3F” (Osiyo-tinch okeani loyihalarini tayyorlash jamg‘armasi) tomonidan 2,5 mln. AQSh dollarida grant mablag‘lari ajratilishi yuzasidan muzokoralar olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 22 yil).
Ta’lim sohasi:
- 2019-2022 yillarda umumiy qiymati 100,8 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan jami 71 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi.
Mazkur sohada jami 50 ta umumiy qiymati 48,51 mln AQSh dollari miqdoridagi DXSh to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, umumiy qiymati 31,99 mln AQSh dollari miqdoridagi 13 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘oliblari bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 20,3 mln AQSh dollari miqdoridagi 8 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.
- Shuningdek, 2022-2026 yillar davomida ta’lim sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 6 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan:
✅ Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 13 ta umumta’lim maktablarini DXSh asosida qurish loyihasi konsepsiyasi va texnik-iqtisodiy asoslash hujjati ishlab chiqilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 80 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magi yordamida Respublikada DXSh asosida 15 ta umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi uchun Andijon va Samarqand viloyatlarida hududlarni tanlash ishlari davom etmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 70 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magi yordamida Respublikada DXSh asosida 15 tagacha umumta’lim maktablarini barpo etish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Tashabbuskor kompaniyalar ko‘magida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida DXSh asosida 15 ta umumta’lim maktablarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyani jalb qilish bo‘yicha tender hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil);
✅ Osiyo taraqqiyot banki maslahat ko‘magi bilan Respublikada DXSh asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (bog‘chalar) qurish, rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha maslahat ko‘magi bitimini tayyorlanib, hozirgi kunda maslahat ko‘magi bitimi imzolanishi kutilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 50 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
✅ DXSh asosida oliy ta’lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan maslahat ko‘magi bitimini tayyorlangan va imzolash maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan iasdiqlash ishlari olib borilmoqda (loyihaning dastlabki qiymati – 150 mln AQSh dollari; loyiha muddati – 30 yil).
Ekologiya sohasi:
- 2019-2022 yillarda jami 69 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha, ya’ni umumiy qiymati 117,5 mln.dollar bo‘lgan loyihalar ustida ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 29 sentabrdagi
PQ-4845-son Qarori ijrosini yuzasidan bugungi kunga qadar jami 51 ta Jumladan, Navoiy viloyatda 2 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Farg‘ona viloyatida 10 ta, Namangan viloyatida 5 ta, Buxoro viloyatida 5 ta, Xorazm viloyatida 3 ta, Andijon viloyatida 7 ta, Samarqand viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 12 ta Surxondaryoda 1 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Mazkur imzolangan bitimlar doirasida xusiy sherik tomonidan jami 941 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobiga 889 ta maxsus texnika, 5 717 ta konteynerlar xarid qilinadi, 650 ta chiqindi yig‘ish maydonlari, 50 ta qayta yuklash stansiyalari va 42 ta saralash hamda 41 ta qayta ishlash zavodlari quriladi.
Shuningdek, qiymati 1,2 mln AQSh dollari miqdoridagi 1 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasining tender jarayonlari yakunlanib, tender g‘olibi bilan DXSh bitimlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Umumiy qiymati 31,2 mln AQSh dollari miqdoridagi 17 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tender jarayonlari davom etmoqda.
- Shuningdek, 2021 yilning 29-30 sentabr kunlari “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 300 mln.dollar bo‘lgan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirish uchun Memorandum imzolandi. Bugungi kunda loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Suv xo‘jaligi sohasi:
2019 – 2022 yil davomida suv xo‘jaligi sohasida 157 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi hamda bugungi kun holatiga umumiy qiymati 29,82 mln. AQSh dollari bo‘lgan 157 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
2022-2026 yillar davomida suv xo‘jaligi sohasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini Germaniyaning «Mikara» kompaniyasi bilan amalga oshirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nasos stansiyalarini muqobil energiyasi bilan ishlatish loyixasini BAA ning «Alcazar» kompaniyasi bilan amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib borilmoqda.
Madaniyat sohasi:
2019 – 2022 yil davomida ta’lim sohasida umumiy qiymati 10,16 mln. AQSh dollari bo‘lgan 27 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha 22 ta DXSh bitimi imzolandi.
Shuningdek, madaniyat sohasida umumiy qiymati 2,26 mln. AQSh dollari bo‘lgan 5 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bitim imzolanishi arafasida.
Hunarmandchilik sanoati sohasi:
2021 yil davomida hunarmandchilik sanoati sohasida umumiy qiymati 0,54 mln AQSh dollari bo‘lgan sohasida 13 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi va ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi.
Shuningdek, mazkur sohada qiymati 0,04 mln. AQSh dollari bo‘lgan 1 ta DXSh loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bitim imzolanishi arafasida.
Bandlik va mexnat munosabatlari sohasi:
Mazkur sohada umumiy qiymati 0,31 mln. AQSh dollari bo‘lgan 2 ta DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, ushbu loyihalar bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan.
Soliq sohasi:
2019 yilda «CPRT TURON» MChJ tomonidan tashabbus qilingan alkagol va tamaki mahsulotlari uchun markirovkalarni monitoring qilish va mahsulotni kuzatish bo‘yicha milliy axborot tizimini yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha DXSh loyihasining bitimi imzolangan (loyihaning qiymati – 20 mln. AQSh dollari).
Axborot texnologiyalari sohasi:
2022 yilda «Defen Financial» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Ishonchli Hamkor avtomatlashtirilgan informatsion tizimni DXSh asosida ishlab chiqish va amalga oshirish loyihasi bo‘yicha DXSh loyihasining bitimi imzolangan.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida
2021 yilda «Xorazm baliq sanoat agro» MChJ tomonidan tashabbus qilingan Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutda nasilchilikni rivojlantirish kompleksini tashkil etish DXSh loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan (loyihaning dastlabki qiymati – 5 mln. AQSh dollari).
Huquqni muhofaza qilish sohasida Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini rivojlantirsh uchun infratuzilma ob’ektlarini DXSh shartlari asosida qurish loyihasi bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan (loyiha qiymati – 3 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 3 yil).
Yangi sharhlar