O‘zbekistondagi DXSh loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi


28 sentabr 2022 yil. Toshkent shahri. Moliya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklik islohotlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro davra-suxbatini tashkil etdi.

Moliya vazirligi hozirda mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritayotgan ko‘p tomonlama Taraqqiyot banklarini birlashtirish uchun muvofiqlashtiruvchi platformani ishga tushirishni rejalashtirgan. Ushbu platforma O‘zbekistonda DXSh loyihalarini donorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish yo‘lida konstruktiv muloqotni tashkil etish, ma’lumotlar almashish, shuningdek, istiqboldagi rejalarni belgilab olish va O‘zbekistonda barqaror DXSh asoslarini yaratishga qaratilgan uchrashuvlar shaklida bo‘ladi.

Ushbu tashabbus doirasidagi birinchi uchrashuv Jahon banki guruhi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistondagi DXSh siyosati va asoslarini doimiy donor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi, kamchiliklar va xavflarni muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtiriladi hamda DXSh yo‘l xaritasini tayyorlashda foydalaniladi. Navbatdagi uchrashuvni alohida sohalar bo‘yicha tashkil etish rejalashtirildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2019-2021 yillar va 2022 yil yanvar – avgust oylari davomida umumiy qiymati 12,37mlrd dollardan ortiq bo‘lgan jami 393 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan, energetika sohasida 26 ta, kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 48 ta, suv xo‘jaligi sohasida 133 ta, ekologiya sohasida 69 ta, ta’lim sohasida 67 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 13 ta, madaniyat sohasida 26 ta, transport hamda bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 2 tadan hamda axborot texnologiyalari, soliq,veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish va huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihalarni tashkil etadi. Shundan:

  • DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 324ta;
  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 40ta;
  • Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 29tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14mlrd dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan: Energetika sohasida 11 ta, Transport sohasida 5 ta, Kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, Sog‘liqni saqlash sohasida 3 ta, Ta’lim sohasida 6 ta, Ekologiya sohasida 33 ta, Suv ho‘jaligi sohasida 33 ta, boshqa ijtimoiy sohalarda 60 ta loyihani tashkil etadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.