Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo’yicha Xalqaro tenderning birinchi bosqichi yakunlandi
2022-yil 1-apreldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish uchun Malakani Aniqlash Talabnomasiga (RFQ) javoban quyida keltirilgan tabalgor bo`lgan mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilarining (investor-ishlab chiquvchilar) 2022-yil 15-iyul, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar belgilangan muddatda taqdim etgan Muvofiqlik Taqdimnomalari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilgandan so`ng muvofiqligi aniqlangan.
Yuqorida aytilganlarga asoslanib, Tender komissiyasi loyiha bo’yicha Taklif Taqdimnomalari saralashdan o`tgan quyidagi ishtirokchilarning ro’yxatini (alifbo tartibida) aniqladi:
1) Abu Dabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA)
2) ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)
3) Concord New Energy Group Limited (Gonkong)
4) China Datang Overseas Investment Co. Ltd. va Goldwind International Holdings (HK) Limited konsortsiumi (Xitoy, Gonkong)
5) GD Power Development Co. Ltd. va China Shenhua Energy Company Limited konsortsiumi (Xitoy)
6) EDF Renouvelables S.A. (Frantsiya)
7) Eksim Enerji Anonim Şirketi (OAJ Eksim Enerji) (Turkiya)
8) ReNew Vyan Shakti Private Limited (Hindiston)
9) Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy)
10) Voltalia SA (Frantsiya)
YeTTB O‘zbekiston hukumatini ushbu loyihani tayyorlash va xaridlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu texnik yordam Yaponiya hukumati va YeTTB aktsiyadorlarining donor mablag’lari tomonidan amalga oshiriladi. 200 MVt quvvatga ega ushbu shamol elektr stansiyasi loyihasini qoʻllab-quvvatlash YeTTBning Oʻzbekiston hukumatini butun mamlakat boʻylab 2000 MVt gacha shamol energetikasi quvvatlarini rivojlantirish uchun qoʻllab-quvvatlayotgan kengroq dasturning ikkinchi bosqichidir.
Yangi sharhlar