O‘zbekiston davlat xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Joriy yilning 27 sentabr sanasida  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitai, YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos, YeTTB bosh kotibi Kaxugiho Koguchi hamda komplians nazorat bo‘limi rahbari Bernd Traksler, O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov , O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov hamda Davlat xususiy sherikligini rivojlantirish agentligi direktori v.b Zokir Bozorov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida davlat banklari va davlat korxonalarini xususiylashtirish, dekorbonizatsiya va yashil o‘sish, xususan, yashil iqtisodiyotga o‘tish, metan emissiyasini kamaytirish, yashil shaharlarni tashkil etish, shuningdek, kapital bozorini rivojlantirish, YeTTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan, energetika, ta’lim va transport sohasida davlat xususiy sherikligi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar kichik va o‘rta tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Moliya vazirligi va Davlat xususiy sherikligini rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zbekiston davlat xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish fondini tashkil etish yuzasidan mandat bitimi imzolandi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan