Jahon banki bilan aviatsiya loyihalari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligida Jahon Banki havo transport masalalari bo‘yicha ishchi guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda DXSh Agentligi direktor o‘rinbosari Hasan Hasanov Respublikamizda havo transport sohasidagi DXSh loyihalari va bu sohada yuzaga kelayotgan muammolar hakida gapirib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Jahon bankidan Daniel Saslavski (Daniel Saslavsky)– ishchi guruh rahbari, Charlz Shlumberger (Charles Schlumberger) – havo transporti bo‘yicha bosh mutaxassis, Ruksandra Brutaru (Ruxandra Brutaru) – aviakompaniyalar bo‘yicha katta mutaxassislar qatnashib, O‘zbekistonda havo transporti sohasida DXSh loyihalarini amalga oshirishda olib borilayotgan ishlarni kuzatib borayotganlarini va xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatimizda bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini va tavsiyalari bilan bo‘lishishdi.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportida qilinayotgan ishlar tafsilotlariga to‘xtalib o‘tilib, bu borada aviakompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘proq ishlar amalga oshirish imkoniyati mavjudligiga urg‘u berildi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan