Farg’ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Nur muolajasini tashkil etish loyihasi bo’yicha o‘tkazilgan tenderning 1-bosqichi yakunlari e’lon qilindi

Joriy yilning 30 aprel kuni Farg’ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Nur muolajasini tashkil etish loyihasi doirasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida xususiy sherikni aniqlash bo’yicha tenderning (talablarga muvofiqlik so‘rovi – RFQ) birinchi bosqichi boshlanganligi e’lon qilingandi. Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Antimonopoliya qo’mitasi, Farg’ona, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari vakillaridan iborat tender komissiyasi xulosasiga ko’ra, tanlovning birinchi bosqichiga kelib tushgan 5 ta arizadan 3 tasi
minimal shartlarga javob bergan. Bular:

  1. “Achibadem Saglik Xizmetleri ve Tidjaret A.Sh.;” (Turkiya)
  2. “ODG Ascend Calik” (“Calik Enerji Sanayi ve Ticaret A.S, “ODG France Selarl”, “Ascend Advanced Healthcare solutions” kompaniyalari konsorsiumi);
  3. “MNT Saglik Hizmetlari ve Tic. A.S” “Sma Team” Ltd., Medserve Medical Investment L.l.C. kompaniyalari konsorsiumi.

Ushbu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko’magida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko’ra, tanlov g’olibi respublika hududlarida nurli terapiya markazlarini tashkil etadi. Loyiha doirasida yiliga 90 ming nurli terapiya muolajasi xizmatlarini bemorlarga ko’rsatish belgilangan va har bir tibbiyot markazlari kamida ikkita LINACS (chiziqli o’tkazgich) moslamalari bilan jihozlanishi belgilangan.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan