TALABALAR TURAR JOYLARINI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA BARPO ETISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan 2022-2025 yillarda oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun davlat-xususiy sheriklik asosida 228 ta 91 200 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq, 2022 yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi.

2022 yilning 1 avgust holatiga umumiy quvvati 18 512 o‘rinli 1043,9 mlrd.so‘mlik 39 ta loyiha ustida ishlar olib borildi, shundan 12 ta (5150 o‘rinli 281,7 mlrd.so‘mlik) loyihaning bitimi rasmiylashtirildi, 5 ta (1900 o‘rinli 109,4 mlrd.so‘mlik) loyiha bo‘yicha bitim rasmiylashtirish bosqichida, 10 ta (6200 o‘rinli 383,4 mlrd.so‘mlik) loyiha bo‘yicha tender e’lon qilindi, 7 ta (2800 o‘rinli 168,0 mlrd. so‘mlik) loyiha bo‘yicha davlat tashabbusi bildirilib belgilangan tartib tender e’lonlari berildi, 5 ta (2462 o‘rinli 101,5 mlrd. so‘mlik) loyiha ustida ish olib borilmoqda.

You may also like...

2 Responses

  1. Talabalar uchun turar joy izohi:

    Assalom alekum men xam uz mahallada davlat sheriklik asosida talabalar uchun turar joy qurmoqchi edim kimga murojat qilishim kerak

    • admin izohi:

      Assalomu alaykum! Ushbu masala yuzasidan Siz O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Yusupov Doniyor mas’ul mutaxassisi Abdurahimov Farxod (71 207-17-38) hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligining Ta’lim, madaniyat, turizm va sport sohalari bo’yicha DXSh loyihalarini tahlil qilish bo’limi boshlig’i Duvlanov Anvar mas’ul mutaxassislari Hursanov Abduvohid, Umarov Farhod (71 203-03-07 (708)) ga murojaat qilishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan