O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va fotoelektrik stansiyalarni yaratish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 20 avgustdagi 633-son qaroriga muvofiq, quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun pilot loyiha Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo’lgan stansiyalar davlat-xususiy sherikchiligida amalga oshirilmoqda. Xususiy sherik tanlash uchun tanlov savdolari o’tkaziladi.

2019 yil 26 fevralda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan taqdim etilgan «Taklif so’rovi», «Elektr sotib olish bo’yicha kelishuv» va «Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi bitim» loyihalarini ko’rib chiqish uchun XMK maslahat xizmati bilan Tender komissiyasi ishchi guruhining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Ta’kidlash joizki, XMK O’zbekiston Respublikasi hukumati va «O’zbekenergo» OAJ uchun quyosh elektrostansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish tajribasini safarbar etish uchun DXSHni tuzish bo’yicha maslahatchi vazifasini bajaradi.

Uchrashuv davomida, Ishchi guruh yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etdi va ularni O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq moslashtirish zarurligi to’g’risida ta’kidlab o’tdi.

XMK vakillari taklif etilgan barcha mulohazalarni ko’rib chiqishga tayyor bo’lib, kelgusi hafta XMK xizmatining kengaytirilgan delegatsiyasining tashrifi haqida ma’lumot berishdi.

Uchrashuvdan so’ng taqdim etilgan takliflarni yanada batafsil muhokama qilish va Tender komissiyasini keyinchalik tasdiqlash uchun hujjatlarni sharhlash uchun XMK vakillari bilan ishchi guruhning navbatdagi yig’ilishini tashkil etish to’g’risida kelishildi.